Insoniy vazifalar
Inson tug'ilganidan boshlab unga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi.
10–20 yosh · 3 oylik dastur
Yaxshi farzand, yaxshi do'st, kelajakda yaxshi mutaxassis bo'lish uchun faqat fan bilish yetmaydi.
Kursga yozilish
Dasturning ildizi
14 modulning har biri shu vazifalardan biriga yoki hammasiga xizmat qiladi.
Inson tug'ilganidan boshlab unga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi.
Kasb va ish. Uni tanlash ixtiyoriy, lekin tanlagandan keyin shartlarini bajarish majburiy.
Yuksalish Akademiyasi shu ikki vazifani chiroyli bajaradigan yoshlarni tarbiyalashga harakat qiladi.
Tanish holatmi?
Ota-onalar eng ko'p shu gap bilan keladi: aytilgan ish qilinmaydi, boshlangani oxiriga yetmaydi.
Kitobga qiziqish yo'q, darsga o'tirsa ham diqqati tez tarqaladi.
Hamma narsani ota-onasidan so'raydi, tanlov oldida ikkilanib qoladi.
Kattalar oldida jim qoladi yoki gapi chalkashib ketadi.
"Kim bo'lmoqchisan?" degan savolga "bilmadim" deydi.
Blogerlarning "baxtli" hayotini ko'rib, o'z uyidan norozi bo'la boshlaydi.
Bularning hech biri “yomon bola” degani emas. Bu ko'nikmalarning hali bolada shakllantirilmagani.
Dastur
A nuqtadan B nuqtagacha: maqsad qo'yish va unga reja bilan borish
Diqqat qayerda bo'lsa, o'sish o'sha yerda
Ekrandagi hayotga aldanmaslik, propagandani taniy olish
Ilm qayerdan va qanday olinadi: kitob, ustoz, tajriba
Notiqlik emas: har kim bilan o'rinli gaplasha oladigan suhbatdosh
Avval o'zi bilan kelishish; bahs emas, to'g'ri yo'lni birga topish
Davrada o'zini tutish, haqiqiy restoranda amaliy dars
Ovqatlanish, uyqu va sog'lom odatlar
Muammoga tabiatdan yechim topish; tanqid emas, sababini tushunish
Har xalqning buzib bo'lmaydigan qoidalari, chet elda o'zini tutish
O'z tarixidan xulosa chiqarish, bir xatoni ikki marta qilmaslik
Huquqni bilishgina emas, boshqalarning chegarasini hurmat qilish
Pul qayerdan keladi, qayerga ketadi; eng yaxshi investitsiya bilimga
O'z kuchli tomonini topish, ishning og'ir tomonini ham qabul qila olish
Savollar
Biz urug' ekamiz. Bola ko'nikmalarni mashq qilib o'rganadi, lekin ularning odatga aylanishi uyda ham davom etishiga bog'liq. Avtomaktab haydashni o'rgatadi, lekin umrbod benzin quyib bermaydi. Shuning uchun ota-onalar uchun ham bepul darslar o'tkazamiz.
Yo'q. Darsda nasihat qilinmaydi, vaziyat mashq qilinadi. Restoran odobi restoranda, ehson esa bolalarning o'zi bozor qilib tayyorlagan tadbirda o'rganiladi.
Bolaga uyda ham mas'uliyat bering va yaxshi ishini ko'rib, ayting. Buni qanday qilishni ota-onalar uchun bepul darslarimizda tushuntiramiz.
Kursga yozilish
Arizani qoldiring. Admin qo'ng'iroq qilib, guruh va jadvalni siz bilan kelishib oladi.